O‘zb

Uzum Ustoz – bu O‘zbekistonning eng yirik raqamli ekotizimida ajoyib karyerani boshlash imkoniyatidir

O‘zbekistondagi birinchi IT-yakkashox jamoasining bir qismi bo‘lishni orzu qilasizmi?
Yuqori malakali mutaxassislar bilan birga rivojlanishni xohlaysizmi?
Haqiqiy biznes-keyslarda eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganishga tayyormisiz?

Unda Uzum Ustoz dasturiga xush kelibsiz

Bu o‘zi nima?

Uzum Ustoz — bu O‘zbekistonda professional bo‘lishni va o‘z karyerasini qurishni xohlovchi yosh mutaxassislar va yuqori kurs talabalari uchun uch oylik bepul ta’lim dasturidir

Ma’ruza va seminarlar

Uzum menejerlari tijorat, operatsion boshqaruv asoslari va kompaniya korporativ madaniyati haqida bilim almashadilar

Ishbop o‘yinlar va loyihalar ustida ishlash

Ishtirokchilar Uzum foydalanuvchilari tajribasi asosida haqiqiy biznes-keyslarni hal qiladilar. Natijada loyihalarni himoya qilish, uning natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar tanlanadi

Uzum Ustoz'da nima uchun ishtirok etish kerak?

Biz eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilarni Uzum jamoasiga qo‘shilishga taklif qilamiz yoki hamkor kompaniyalarimizga ishga joylashish uchun tavsiya qilamiz

Barcha final ishtirokchilari quyidagilarni qo‘lga kiritadilar:

eng yaxshi Uzum mutaxassislaridan ham professional, ham yetakchilik ko‘nikmalari va bebaho tajriba

Uzum kompaniyasidan shaxsiy tavsiya xatlari

Uzum Ustoz'da O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar va talabalar birinchi milliy IT-yakkashoxida biznesni rivojlantirishda ishtirok etish, karyera qurish va raqamli iqtisodiyotga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Innovatsiyalar yaratuvchi va sanoatni oldinga harakatlantiruvchi iqtidorli yoshlarsiz texnologik o‘sishga erishib bo‘lmaydi

22-fevralgacha ariza topshiring

Ariza yuborish

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Dastur 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston aholisi uchun ochiq:

Har qanday oliy o‘quv yurtining yuqori kurs talabalari

Ish tajribasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar va mutaxassislar

Ishtirok etishning umumiy shartlari:

18 yoshdan 30 yoshgacha

Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot

Toshkentda yashaysiz yoki har yakshanba kunduzgi mashg‘ulotlarga kela olasiz

O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish

O‘zining rivojlanishi va martaba o‘sishiga vaqt ajratishga tayyorlik

Taqdimotlar va matnlar yaratish uchun smartfon yoki noutbukning mavjudligi

Dastur quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Product management
Toifali menejment
Sotish
Biznesni rivojlantirish

*Agar tajribangiz va ishlash istagingiz bir yoki bir nechta Uzum jamoalariga qiziqarli bo‘lishi mumkinligini tushunsak, biz boshqa yo‘nalishdagi odamlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin

Ta’lim qachon va qanday o‘tkaziladi?

Когда и как проходит обучение?
Mashg‘ulotlar har hafta yakshanba kunlari Toshkentdagi Uzum ofisida o‘tkaziladi.
Yuzma-yuz mashg‘ulotlar oralig‘ida ishtirokchilar uy vazifalarini oladilar

E’tiboringizni qaratamiz

Yuzma-yuz mashg‘ulotlar ofisda o‘tkaziladi va ularda qatnashish shart. Shuning uchun o‘z kuchingizni oldindan baholang: uch oy davomida har yakshanbaning yarmini shu o‘qishga bag‘ishlay olasizmi.

Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ammo ma’ruzalarda qatnashish va uy vazifalarini bajarish shart

Dasturda nima bo‘ladi?

Yuzma-yuz mashg‘ulotlarda siz Uzum jamoasining eng yaxshi mutaxassislari bilan tanishasiz. Ular o‘z tajribalari va kasbiy ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashadilar, jamoa tuzish, samarali muloqot, loyiha boshqaruvi, yetakchilik va boshqalar haqida so‘zlab berishadi
Barcha ishtirokchilar qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘lib, Uzum'ning real loyihalari ustida ishlashlari mumkin bo‘ladi. Eng qizig‘i — dastur yakunida eng yaxshi bitiruvchilar Uzum jamoasi yoki hamkor kompaniyalardan biriga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Saralash qanday amalga oshiriladi?

Dastlabki tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Dasturga 50 nafar ishtirokchi qabul qilinishi mumkin.

10—22 fevral

Arizalarni yig‘ish

25 fevral

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlarni dasturni olib boradigan Uzum menejerlari bilan yuzma-yuz tanishishga taklif qilamiz. Uchrashuv Uzum ofisida, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A manzilida bo‘lib o‘tadi